info@qurbon-muhammadrizo.uz +998 93 465 34 00

Yangiliklar

Beruniy sharq renessansining buyuk olimi

Xorazm Ma’mun akademiyasi va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining viloyat bo’limi hamkorligida 7-iyun kuni Az-Zamaxshariy nomli viloyat kutubxonasida “Beruniy sharq renessansining buyuk olimi” mavzusidagi tadbir o’tkazildi. Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag’ishlangan ushbu tadbirda  taniqli shoir va yozuvchi Qurbon Muhammadrizoning “Beruniy” roman-trilogiyasi taqdimoti ham bo’lib o’tdi. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari, respublikada xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Gavharjon Ibodullayeva, “Oltin meros” xalqaro fondi viloyat bo’limi raisi K.Nurjonov, Xorazm ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari F.Jumaniyozova, H.Aminov, tayanch doktorant U.Bekimmetov, taniqli ijodkorlar Sotim Avaz, Boltaboy Bekmetov, O’ktam Davletov, Salima Bonular Beruniyning “Dorul hikma”dagi ilmiy faoliyati, yaratgan asarlarining dunyo ilmu fani va  sivilizasiyasiga qo’shgan hissasi, shuningdek Qurbon Muhammadrizo roman-trilogiyasi  haqidagi o’z fikrlari, ma’ruzalari bilan ishtirok qilishdi.
Tadbir yakunida Qurbon Muhammadrizo  Xorazm Ma’mun akademiyasi kutubxonasiga “Beruniy”roman-trilogiyasini sovg’a qildi.

Sirojiddin Ernazarov - Veb-sayt va tizimlar yaratish xizmati.